Raqqa haloskorlari: Biz bu g‘alabani butun insoniyatga bag‘ishlaymiz

Jahon 23:24 / 20.10.2017 17480

IShID o‘ziga poytaxt qilib olgan Suriyaning Raqqa shahri jangarilardan to‘liq tozalandi. Bu haqda 20 oktabrda "Suriya demokratik kuchlari" (SDK) kurd-arab koalitsiyasining vakili Talal Sillo shahar markazida g‘alaba munosabati bilan o‘tgan marosimda aytib o‘tdi. Hozir Raqqani minalardan tozalash ishlari olib borilmoqda, shundan keyin shahar SDK tomondan qo‘llab-quvvatlanuvchi fuqarolik kengashi boshqaruviga o‘tadi.

Shaharning ozod etilishiga bag‘ishlangan marosim IShID jangarilari avval turma sifatida qo‘llagan sport stadionida bo‘lib o‘tdi. Shu yerda uch kun avval koalitsiya qo‘shinlari va terrorchilar o‘rtasida hal qiluvchi jang kechgan. Marosimda Raqqani ozod etishda qatnashgan harbiylar, shaharning fuqarolik kengashi a'zolari ishtirok etishgan. 

"Biz bu g‘alabani butun insoniyatga bag‘ishlaymiz. Biz Raqqa shahri va uning atrofidagi hududlar ustidan nazoratni ichki xavfsizlik kuchlariga topshiramiz", deb aytgan Sillo.

Raqqa uchun janglar 2017 yil iyunidan beri olib borilgan. Janglar 17 oktabrda yakun topgan.

Ko‘proq yangiliklar: