Oq xalatiga “qora dog‘” tushirgan shifokor ushlandi

Jamiyat 12:05 / 20.10.2017 31389

Xorazm viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanserida psixiatr bo‘lib ishlovchi 1988 yilda tug‘ilgan A.D.ni shu dispanserning bo‘limlaridan biriga vaqtinchalik mudir etib tayinlashdi. Ammo u o‘ziga bildirilgan ishonchni suiste'mol qilib, shifoxonada davolanayotgan bemorning turmush o‘rtog‘idan 400 000 so‘m pul berishini talab qildi. Bu haqda Xorazm viloyati IIB xabar bermoqda.

Viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, 2017 yil 6 oktabr kuni fuqaro B.Abdullayevadan talab qilingan miqdordagi pulni olayotgan tamagirning qilmishi fosh etildi.

O‘zining noqonuniy ishi bilan egnidagi oq xalatiga “qora dog‘” tushirgan shifokorga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: