OAV: Peterburgda odamlarni o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan O‘zbekiston fuqarolari ushlandi

Jahon 15:10 / 20.10.2017 23174

Peterburgda odamlarni o‘g‘irlash va ularni qo‘yib yuborish uchun pul talab qilish bilan shug‘ullangan to‘rt kishi qo‘lga olindi. Bu haqda Nation News xabar bermoqda.

Agentlik manbalari ma'lumotiga ko‘ra, 18 oktabr kuni erkak kishi politsiyaga murojaat qilib, tanishini o‘g‘irlab ketishgani, uni qo‘yib yuborish uchun esa 60 ming rubl miqdorida pul talab qilishayotganini ma'lum qilgan. Natijada shahar huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari Peterburg va Leningrad viloyatida odamlarni o‘g‘irlash hamda pul talab qilish bilan shug‘ullangan guruhni qo‘lga olishgan.

Hammasi bo‘lib to‘rt shaxs, uch erkak va bir ayol qo‘lga olingan. Ularning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda.

Xabarda ta'kidlanishicha, yakunda o‘g‘irlab ketilgan fuqaro ozod qilingan. Jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Ko‘proq yangiliklar: