MRB rahbari: KXDR AQShga bir necha oydan so‘ng yadro zarbasi berishi mumkin

Jahon 12:30 / 20.10.2017 23133

Shimoliy Koreya AQSh hududiga bir necha oydan so‘ng yadro zarbasi berishga tayyor bo‘ladi. Bu haqda MRB rahbari Mayk Pompeo ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Washington Examiner.

Pompeoning ta'kidlashicha, raketani bitta jangovar kallakdan uchirish imkoniyati hamda ko‘plab jangovar kallaklarga ega raketalarni yaratish o‘rtasida katta farq bor.

Uning aniqlik kiritishicha, Shimoliy Koreyaning yadroviy imkoniyatlari hozirda besh yil avvalgi holatdan ancha jiddiy bo‘lib, besh oydan so‘ng yanada yaxshiroq ko‘rinish oladi. Pompeoning so‘zlariga ko‘ra, hozirning o‘zida «so‘nggi qadam» haqida o‘ylab ko‘rish lozim.

Eslatib o‘tamiz, 19 oktabr kuni Pxenyan Vashingtonga «kutilmagan favqulodda zarba» bilan tahdid qilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: