Qozog‘istonlik tadbirkor yoqilg‘i quyish shoxobchasida o‘zini portlatishga urindi

Jahon 18:50 / 20.10.2017 12315

Qozog‘istonda prokuratura Aktobe shahrida yuz bergan hodisaga izoh berdi. Gap gazli sisternaga mashinada borib urilgan tadbirkor haqida bormoqda, deya xabar qiladi Tengrinews.kz. Ushbu holat bo‘yicha tergov olib borilmoqda.

"Aktobedagi avtogazyoqilg‘i quyish shoxobchasiga mashinada haydab borilish holati bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan jinoyat kodeksining ikki moddasi bo‘yicha suddan avvalgi surishtiruv o‘tkazilmoqda. Moddalar o‘z joniga qasd qilishga olib kelish bo‘yicha javobgarlik va o‘zganing mulkiga atayin zarar keltirishni nazarda tutadi", - deya xabar berishgan Aktyubinsk viloyati prokuraturasidan.

Politsiyadan ma'lum qilishlaricha, hodisa ertalabki soat 5:00lar atrofida yuz bergan. Gaz shoxobchasidagi sisternaga Toyota Hilux kelib urilgan. Avtomobil boshqaruvida 39 yoshli tadbirkor bo‘lgan.

"Dastlabki taxminga ko‘ra, Aktobeda mashhur bo‘lgan tadbirkor sisternaga atayin kelib urilgan, u portlash yuz berishi hamda o‘zi halok bo‘lishini xohlagan. Biroq gaz portlamagan. Shunda erkak pichoqni olgan va uni qorniga tiqib, yana o‘z hayotiga qasd qilmoqchi bo‘lgan", - deya yozadi OAV.

Manba ma'lumotlariga ko‘ra, tadbirkor ko‘plab jarohatlar bilan shifoxonaning jarrohlik bo‘limiga olib ketilgan. Hodisaga nima sabab bo‘lgani hozircha noma'lum.

Ko‘proq yangiliklar: