Qirg‘iziston rasmiy darajada Qozog‘istonning 100 mln. dollarlik yordamidan bosh tortmoqchi

Jahon 14:40 / 20.10.2017 11524

Qirg‘iziston Qozog‘iston bilan yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasi sharoitida iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risida 2016 yilda imzolangan kelishuvni bekor qilmoqchi. Bu haqda mahalliy nashrlar xabar berdi.

Ushbu davlat hukumati tashabbusi bilan olib chiqilgan tegishli qonun loyihasi Jo‘qorg‘u Keneshga topshirildi.

Qirg‘iziston Qozog‘iston Moliya vazirligiga Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida 41 million dollar miqdorida texnik yordamni o‘tkazib berish maqsadida bank hisob raqamlarini yuborgan. Shuningdek, yordam ko‘rsatish va undan foydalanish bo‘yicha nazorat tartibi to‘g‘risidagi bayonnoma, texnik ko‘mak to‘g‘risidagi bayonnoma ham bekor qilinadi. Ular Sankt-Peterburg va Moskvada imzolangandi.

Mamlakat iqtisodiyot vaziri Artyom Novikov qonun loyihasi bo‘yicha ma'ruzachi etib belgilandi. Loyiha navbatdan tashqari tartibda ko‘rib chiqiladi.

Ko‘proq yangiliklar: