“Kichik Neapol” hokimi shaharchada yashashni istovchilarga 2 ming yevro to‘lamoqchi

Jahon 16:30 / 20.10.2017 8752

Italiyadagi Kandela kichik shaharchasi hokimi Nikola Gatta bu yerga ko‘chib o‘tish istagida bo‘lgan har kishiga pul to‘lashni taklif qilmoqda. Kandela qachonlardir “Kichik Neapol” sifatida mashhur bo‘lgan hamda endi hokim shaharchaga avvalgi mashhurlikni qaytarmoqchi.

Kandelada bugungi kunda atigi 2700 kishi istiqomat qiladi, bu raqam doimiy tarzda qisqarib bormoqda. Shaharcha hokimi Nikola Gatta aynan shundan xavotirda. Jarayonni to‘xtatish maqsadida, hokim uning shaharchasini doimiy yashash joyi sifatida tanlovchi har bir kishiga pul to‘lashni va'da qildi, deb xabar bermoqda Independent.

Yolg‘iz kishilar shahar kengashidan 800 yevro, juftliklar esa 1200, farzandi bor oilalar 2000 yevrodan olishlari mumkin bo‘ladi. Albatta, bu pullar hammaga ham berilmaydi – buning uchun ba'zi talablarga javob berish lozim, aynan esa – yiliga kamida 7500 yevro ishlab topish hamda Kandeladan doimiy uy sotib olish yoki uni ijaraga olish.

Ko‘proq yangiliklar: