Xitoy AQShdan qanday o‘zib ketishni biladi. Bu yuz beradimi? 

Jahon 22:20 / 20.10.2017 22695

Xitoy kommunistik partiyasining 19-Kongressida aytilishicha, mamlakat 2030 yilga qadar «sun'iy ong» texnologiyasi asosida ishlab chiqarilgan tovarlarni yetkazib beruvchi eng ilg‘or davlatga aylanadi. Xitoylik kommunistlarning fikricha, belgilangan muddatga qadar mamlakatda umumiy qiymati 150 milliard AQSh dollariga teng, «sun'iy ong» tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatuvchi katta sanoat paydo bo‘ladi.

Agar «oyni zabt etish» tashabbusi amalga oshsa, amaldagi hukumat nafaqat, Xitoy jamiyatida, balki butun dunyoda geosiyosiy ta'sirini oshiradi. Nazariy jihatdan loyihani amalga oshirish uchun mutasaddilar qo‘lida barcha sharoitlar mavjud: 700 milliondan ortiq internet foydalanuvchilari «tajriba quyonchalari» bo‘lsa, ulkan mamlakat iqtisodiyoti moliyaviy ta'minotning asosi bo‘la oladi.

Eng avvalo, Xitoy hukumatining AT loyihalarni rivojlantirishning mahalliy dasturiga e'tibor qaratish lozim. Iqtisodiy qoloq provinsiyalardan biri sifatida e'tirof etilgan Guychjou ayni paytda Xitoydagi eng katta «data hub»​ (AT makoni) hisoblanadi. Apple, Alibaba, Tencent va Qualcomm kabi yetakchi kompaniyalar provinsiyada o‘zining data markazlarini ochgan. Aytish mumkinki, ana shunday tendensiyani duch kelgan boshqa provinsiyada ham uchratish mumkin, bunday o‘zgarishga mahalliy hokimiyatlarning turli imtiyozlar bilan ATni rivojlantirish taklifini mustaqil taqdim etishi sabab bo‘lmoqda.

Pentagon harbiylari tomonidan tayyorlanib, keng jamoatchilikka oshkor etilmagan hisobotda aytilishicha, Xitoyning AQShdagi «sun'iy ong» texnologiyasini rivojlantirishga kiritayotgan sarmoyasi yildan-yilga oshib bormoqda, deb yozadi Reuters.

«​Amerika qa'la»​sini barpo etib turgan amaldagi prezident Donald Tramp Trans-Atlantika shartnomasini bekor qilish, migrantlarga qarshi kurashish hamda Parij iqlim o‘zgarishi kelishuvidan chiqib ketar ekan, Xitoy barchasini to‘g‘ri bajarmoqda. «​Bir makon, bir yo‘l»​ loyihasi, Parij iqlim o‘zgarishi kelishuvini qo‘llab-quvvatlash va yangi dasturni e'lon qilish - Xitoyning harakatlari asoslanganini bildiradi.

Rossiya Kommunikatsiya va aloqa vaziri Nikolay Nikiforov XIX ​Xalqaro yoshlar festivalida mamlakatga 1 million nafar AT mutaxassislari zarurligini bildirgandi. Biroq, Sberbank boshqaruv raisi German Grefning aytishicha, dasturchilarga talab so‘nib bormoqda. 

«Muhandislik urfga aylanganda, barcha o‘zini shu sohaga urdi. Endi yoshlar dasturchi bo‘lishni orzu qiladi. Ammo dasturchilar asri allaqachon tugab bo‘ldi, hozir g‘ayratli kishilar asri kelgan», deydi u. Rossiyalik moliyachining fikrida qanchalik jon bor, buni Xitoyning muvafaqqiyatiga qarab baho beramiz.​

Ayni payt, Xitoyda arzon ishchi kuchi, avtoritar tizim, hurfikrli insonlarni qatag‘on qilish, balki davlatning tashqi siyosatda obro‘sini tushirib qo‘yishi mumkin. Ammo dunyoning ikkinchi raqamli iqtisodiyotini boshqarib turgan sharqiy Osiyo vakillari oldiga haligacha bunday tahdid qo‘yilgani yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: