Fransiya qirollari tojini bezagan olmos savdolarga qo‘yiladi 

Jahon 17:30 / 20.10.2017 6663

Jyenevadagi auksionda 14 noyabr kuni Le Grand Mazarin noyob pushti olmosi sotuvga qo‘yiladi. Bu haqda Christie’s auksion uyi saytida xabar berilgan.

1661 yilda 19 qirotli qimmatbaho tosh Lyudovik XIV’ga Fransiyaning birinchi vaziri, kardinal Julio Mazarini tomonidan sovg‘a qilingan.

Hindistondagi qadimiy Golkonda konlaridan topilgan olmos Lyudovik XV, Lyudovik XVI, Lyudovik XVIII, Napoleon I, Napoleon III va uning rafiqasi imperator ayol Yevgeniyaning tojlarini bezab turgan.

Hozirda olmos xususiy kolleksiyada saqlanadi, biroq uning egasi kim ekani noma'lum.

Mutaxassislar toshni 6 dan 9 mln. dollargacha bo‘lgan qiymatda baholashmoqda. Le Grand Mazarin 130 yil oldin – 1887 yilda ilk bora savdolarda paydo bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: