Chempionlar ligasi o‘tgan mavsumida eng ko‘p daromad olgan klublar e'lon qilindi - «Real» peshqadam emas

Sport 22:10 / 20.10.2017 12847

UYeFA Chempionlar ligasining 2016/17 mavsumi yakuni bo‘yicha klublarning daromadi haqidagi moliyaviy hisobotni e'lon qildi.

Unga ko‘ra, eng ko‘p daromadni musobaqa finaligacha yetib borgan «Yuventus» klubi ishlab topgani ma'lum bo‘ldi - 110,43 mln yevro.

Ikkinchi o‘rin «Lester Siti» klubiga nasib qildi. Chorakfinalgacha yetib borgan «tulkilar»ning jami daromadi 81,68 mln yevroga teng bo‘ldi.

Musobaqa g‘olibi bo‘lgan «Real» 81,05 mln yevro daromad bilan uchinchi o‘rinni egalladi.

Ko‘proq yangiliklar: