Jangchi yubileyi - Evander Holifild 55 yoshga to‘ldi (foto)

Sport 15:00 / 19.10.2017 24211

Amerikalik og‘ir vaznli mashhur bokschi Evander Holifild 19 oktabr kuni 55 yoshga to‘ldi. «Jangchi» laqabli sportchi WBC, WBA, IBF va WBF yo‘nalishlari bo‘yicha chempionlik kamarlariga egalik qilgan, shuningdek «Ring» jurnali talqini bo‘yicha uch marta yil bokschisi deb tan olingan: 1987, 1996 va 1997 yilda. Evander boshqa turli unvonlar sohibi bo‘lishidan tashqari, professonal boks tarixida superog‘ir vaznda to‘rt marta jahon chempioni bo‘lgan yagona sportchidir.

1996 yilning noyabrida u Mayk Taysonni nokautga uchratdi, 1997 yilning yozida o‘tkazilgan revansh jangda esa mashhur «quloq voqeasi» yuz berdi, Tayson shundan so‘ng chetlashtirilgandi. 2009 yilda Tayson shoulardan birida Evanderdan uzr so‘radi. Chempionning yubileyi tufayli bir necha suratlarni taqdim etamiz.

Foto: Reuters

Evander Holifild Mayk Tayson bilan jang paytida, 1997 yil 28 iyun

Foto: AP

Evander Holifild Bert Kuper ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Atlantadagi matbuot anjumanida, 1991 yil

Foto: Reuters

Evander Holifild Fransua Bota bilan jang paytida, Las-Vegas, 2010 yil

Foto: Reuters

Evander Holifild Pekindagi Xitoy modalar haftasida, 2003 yil

Foto: Reuters

Evander Holifild Sulton Ibragimov bilan jang paytida, Moskva, 2007 yil

Foto: Reuters

Evander Holifild Von Bin ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng promouter Don King bilan, 1998 yil

Foto: Reuters

Evander Holifild JAR prezidenti Nelson Mandela va uning rafiqasi Grasa Mashel bilan Yoxannesburgdagi prezidentlik qarorgohida, 1997 yil

Foto: Reuters

Lennoks Lyuis va Evander Holifild Las-Vegasdagi matbuot anjumani paytida, 1999 yil

Foto: Reuters

Evander Holifild siyosatchi va AQSh prezidentligiga sobiq nomzod Mitt Romni bilan Solt-Leyk-Sitidagi xayriya jangi vaqtida, 2015 yil

Foto: Reuters

Evander Holifild Nikolay Valuyev bilan jang paytida, Tsyurix, 2008 yil

Foto: Reuters

Evander Holifild Mayk Tayson bilan jang paytida, 1997 yil 28 iyun

Ko‘proq yangiliklar: