Venesueladagi harbiy qismda portlash yuz berdi

Jahon 07:01 / 19.10.2017 3691

18 oktabrda Venesuelaning Aragua shtatida Cavim harbiy-sanoat kompaniyasi harbiy qismidagi omborda portlash yuz berdi. Bu haqda El Nacional nashri xabar bermoqda. 

Oqibatda bir nechta uy va transport vositasiga talofat yetgan. Portlash sabablari aniqlashtirilmoqda, voqea joyiga o‘t o‘chiruvchilar yetib kelgan, hudud harbiylar tomondan o‘rab olingan.

Jarblanuvchilar haqida ma'lumot berilmagan. Noticias24 nashrining ma'lumotlariga ko‘ra, portlashga granata detonatsiya qilgani sabab bo‘lgan.

Ko‘proq yangiliklar: