Toshkentdan Qoshg‘arga O‘sh orqali eltuvchi avtomobil yo‘lida qatnovlar sinovdan o‘tkaziladi

O‘zbekiston 22:45 / 19.10.2017 18835

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 oktabr kuni Qirg‘iziston tashabbusiga ko‘ra Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.

O‘zA xabariga ko‘ra, suhbat davomida Shavkat Mirziyoyev Almazbek Atamboyevni 15 oktabr kuni Qirg‘iziston prezidenti saylovi muvaffaqiyatli o‘tgani bilan tabrikladi.

Davlat rahbarlari yaqinda bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi o‘zaro tashriflar chog‘ida erishilgan kelishuvlar va imzolangan bitimlarni amalga oshirish borasidagi ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini an'anaviy do‘stlik va amaliy ruhda atroflicha muhokama qildi.

O‘zbekiston—Qirg‘iziston davlat chegaralarining qolgan uchastkalariga oid tegishli shartnomani huquqiy jihatdan rasmiylashtirish va imzolash jarayonini tezroq yakunlash, shuningdek, chegara o‘tkazish punktlarining samarali faoliyatini ta'minlashdan ikki tomon ham manfaatdor ekani ta'kidlandi.

Transport-kommunikatsiya tizimidagi o‘zaro aloqalar, xususan, shu oyning oxiriga rejalashtirilgan «Toshkent—Andijon—O‘sh—Irkeshtom—Qoshg‘ar» yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikda avtomobil qatnovini sinovdan o‘tkazish muhim ahamiyatga ega ekani qayd etildi.

Ko‘proq yangiliklar: