Tillerson kelasi haftada Hindiston va Pokistonga boradi

Jahon 08:42 / 19.10.2017 3135

AQSh davlat kotibi Reks Tillerson kelayotgan haftada Hindiston va Pokistonga safar uyushtiradi. Bu haqda Tillersonning o‘zi va davlat departamentining yuqori lavozimli vakili ma'lum qildi, deya xabar qilmoqda TASS. 

"Men kelgusi hafta Dehliga qaytishni sabrsizlik kutayapman. Bu rasmiy mulozim sifatidagi ilk safarim bo‘ladi", - degan Tillerson. Uning so‘zlariga ko‘ra, mazkur tashrif "Amerika-Hindiston munosabatlarining eng yaxshi pallasida" amalga oshmoqda. Keyinchalik, davlat departamenti vakili Tillerson ushbu xorijiy safari davomida Pokistonga ham to‘xtashiga aniqlik kiritdi. 

Tillerson Vashingtondagi Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazida qilgan ma'ruzasida AQSh va Hindiston munosabatlariga to‘xtalgan. Uning ishonch bildirishicha, dunyo tayanch markazlari Hind va Tinch okeanlariga ko‘chmoqda. Tillersonning fikricha, AQSh va Hindiston Yer sharining ushbu hududlarida "g‘arbiy va sharqiy mayoqlar bo‘lib xizmat qilishi kerak". 

Ko‘proq yangiliklar: