Shveytsariyadagi avtofalokatda 37 kishi jabrlandi

Jahon 07:18 / 19.10.2017 2846

Shveytsariyaning Bazel-Land kantonidagi Muttents shahrida yuk mashinasi tramvayga urilishi oqibatida tramvay relslardan chiqib ketgan.

Politsiya ma'lumotlariga ko‘ra, voqea 18 oktabrda kunning ikkinchi yarmida yuz bergan. To‘qnashuvga nima sabab bo‘lgani hozircha noma'lum.

YTH oqibatida 37 kishi jabrlangan, ularning aksariyati tramvay yo‘lovchilari.

Jabrlanuvchilardan 16 nafari o‘rta og‘irlikdagi jarohatlar bilan shifoxonaga olib ketilgan.

YTH sabablari aniqlashtirilmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: