Soliq inspektorlari to‘lov terminallari bilan ta'minlanadi

O‘zbekiston 00:11 / 19.10.2017 9087

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 oktabrdagi №832-sonli qaroriga ko‘ra, 2017 yil 1 noyabridan boshlab O‘zbekiston Respublikasi davlat soliq xizmati organlari mol-mulk va yer solig‘ini bevosita jismoniy shaxslarning plastik kartochkalaridan undirishda to‘lov terminallaridan foydalanish tartibi o‘rnatilmoqda.

Tijorat banklari shu maqsadda 2017 yilning 1 noyabriga qadar Davlat soliq qo‘mitasiga 2190 ko‘p funksiyali zamonaviy to‘lov terminallari ajratadi.

Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 18 iyuldagi PF-5116-sonli «Soliq ma'muriyatchiligi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘ilishi tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonini bajarish doirasida qabul qilingan.

Ko‘proq yangiliklar: