Paxta terimi uchun yangi to‘lov tariflari tasdiqlandi

O‘zbekiston 17:40 / 19.10.2017 107934

Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 16 oktabrdagi 829-sonli qarori bilan 2017 yil hosili uchun qo‘lda terilgan paxtaga to‘lov va paxta xom ashyosi xarid narxlari bo‘yicha yangi tarif stavkalari tasdiqlandi. Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 sentabrdagi 723-son qarori bilan tasdiqlangan xarid narxlari o‘z kuchini yo‘qotdi. Bu haqda Norma.uz xabar bermoqda.

17.10.2017 yildan terimchilar uchun qo‘lda terilgan paxta xom ashyosining 1 kilogrammi uchun to‘lov 700 so‘mgacha oshirildi (birinchi bosqichda 450 so‘m, 1.10.2017 yildan esa – 500 so‘m edi).

Toshkent viloyati, shuningdek Qashqadaryo viloyatining Mirishkor, Nishon, Koson va Kasbi tumanlari terimchilariga terilgan paxta xom ashyosining har bir kilogrammi uchun 100 so‘m miqdorida ustama belgilandi. Jizzax va Sirdaryo viloyatlari terimchilari uchun ham xuddi shunday ustamalar qo‘llaniladi.

2017 yil hosili qo‘lda terilgan va mashinada terilgan paxta xom ashyosining xarid narxlari ham oshdi. Masalan, agarda joriy yilning sentabrida tasdiqlangan narxlar bo‘yicha uzun tolali 1-sinfdagi paxta xom ashyosining 1 tonnasi 3 000 740 so‘m turgan bo‘lsa, hozirda esa - 3 352 570 so‘m. Ya'ni paxtaning ushbu naviga narx o‘rtacha 11,7 foizga oshdi. 2016 yil bilan taqqoslaganda esa (bir tonna uchun 2 143 350 so‘m) – 56,4 foizga.

Hujjat 17.10.2017 yildan kuchga kirdi.

Ko‘proq yangiliklar: