Nukus va Mo‘ynoqda "Orol baliqlaridan 99 taom" nomli festival bo‘lib o‘tadi

Jamiyat 10:20 / 19.10.2017 8926

Koraqalpog‘istonning Nukus shahri va Mo‘ynoq tumanida 24-25 oktabr kunlari "Orol baliqlaridan 99 taom" gastronomik festivali bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston turizm qo‘mitasi matbuot xizmati ma'lum qildi

Shu kunlari shuningdek atoqli qoraqalpoq yozuvchilari Berdaq va Ajiniyoz sharafiga xalqaro she'riy-musiqiy festival, xalqaro ekofestival va "Orol dengizi va Mo‘ynoqning tiklanishi" mavzusidagi anjuman bo‘lib o‘tadi.

"Festivallarning madaniy qismi boy bo‘lishiga va'da berilmoqda", deb aytilgan xabarda.

Mo‘ynoq tumani va Orol dengizi sohillarida yangi turistik infratuzilma, chodirli lagerlar yaratildi, jiplar va kvadrosikllarda safarilar o‘tkazish yo‘lga qo‘yildi.

Joriy fevral oxirida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Mo‘ynoqni rivojlantirish dasturini tasdiqlagandi. Unga ko‘ra sobiq port shahri sayyohlik markaziga aylantirilishi ko‘zda tutilgan.

Ko‘proq yangiliklar: