Navalniy ro‘yxatdan o‘tkazilsa, Sobchak nomzodini qaytarib oladi

Jahon 15:40 / 19.10.2017 13750

Rossiya Federatsiyasi prezidentlik saylovlarida ishtirok etish istagini bildirgan Kseniya Sobchak siyosatchi Aleksey Navalniy nomzod sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan taqdirda, o‘z nomzodini qaytarib olishi haqida ma'lum qildi. Sobchak «Dojd» telekanali efirida shunday bayonot bilan chiqdi. 

Aleksey Navalniy 2016 yilning dekabrida Rossiya prezidenti lavozimiga o‘z nomzodini qo‘yishni rejalashtirayotgani haqida ma'lum qilgan. Biroq Markaziy saylov komissiyasi (MAK) siyosatchi saylovlarda qatnashish huquqiga ega emasligi, zero 2013 yilda «Kirovles» ishi bo‘yicha ayblanganini qayd etgan.

Shartli hukmga qaramay, janob Navalniy, qonunga muvofiq faqat 2028 yildagina prezidentlikka nomzodini qo‘yishi mumkin, deydi MAK raisi Ella Pamfilova. 

Ko‘proq yangiliklar: