Nadalning murabbiyi Federerni barcha davrlarning eng yaxshi tennischisi deb atadi

Sport 18:50 / 19.10.2017 4449

Jahonning birinchi raketkasi ispaniyalik tennischi Rafael Nadalning amakisi va murabbiyi Tonining ma'lum qilishicha, shveysariyalik Rojyer Federer barcha davrlarning eng yaxshi tennischisi hisoblanadi. Bu haqda RT xabar bermoqda.

«Men Rojyer kabi tennisda yetakchilik qilgan kamdan-kam sportchilarni bilaman. Rafa esa bu mavsumni ancha yaxshi darajada o‘tkazmoqda.

Shunga ishonchim komilki, u ham tarixdagi eng yaxshi o‘yinchilar qatoriga kiritiladi. Biroq, hozirgi paytda aynan Rojyer shunday sanaladi», - deya aytib o‘tdi mutaxassis.

Avvalroq Nadal va Federer ilk marta bir jamoa bo‘lgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: