Melanya Tramp «qiyofadoshi» siri fosh etildi

Jahon 21:00 / 19.10.2017 23696

The Washington Post nashri AQSh prezidenti Donald Trampning rafiqasi Melanya Tramp «qiyofadoshi» sirini fosh etdi.

Tvitterda Melanya Trampning qiyofadoshi borligi haqidagi mish-mishlar urchigandan keyin muhokamalar boshlangandi. Ijtimoiy tarmoqning ba'zi foydalanuvchilarining fikricha, yaqinda efirga uzatilgan yangilikda Tramp yonida uning rafiqasi emas, balki katta qora ko‘zoynaklar va ehtimol parikda bo‘lgan notanish sirli ayol turgan.  

Nashr  bu voqea tergoviga «jiddiy» kuchlarni safarbar qilgan.

Nashrning aniqlashicha, Tramp oldida aslida notanish begona ayol emas, balki haqiqatan ham uning rafiqasi bo‘lgan. Nashr buning isboti sifatida ayol Melanyaga juda o‘xshashligini (va haqiqatda ham bu Melanyadir) keltirgan. 

Ikkinchidan, boshqa rakurslardan olingan tasvirlar tahlil qilinganda suratlardan birida notanish ayolni qora ko‘zoynaksiz ko‘rish mumkin va bu ayol Melanyaga juda o‘xshash. 

Sirli ayol Melanya ekanligi isboti sifatida boshqa dalillar ham keltirilgan. Nashrning ta'kidlashicha, Trampda o‘sha tadbirda rafiqasini «qiyofadoshi bilan almashtirib turishiga» hech qanday ehtiyoj bo‘lmagan.

Ko‘proq yangiliklar: