Kreml Sobchak prezidentlik saylovlarida nomzod bo‘lishiga aloqador emas

Jahon 20:30 / 19.10.2017 8308

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kreml go‘yoki teleboshlovchi Kseniya Sobchakning o‘z nomzodini 2018 yilgi prezidentlik saylovlariga qo‘yish rejasiga aloqasi borligi haqida yurgan gaplarni inkor etdi. "Bu noto‘g‘ri", deb aytgan Peskov.

Peskov Vladimir Putin Sobchak bilan yaqinda o‘tgan uchrashuvda Kseniyaning rejalaridan noroziroq bo‘lgani rostligini bilish maqsadida berilgan savolga "Men bu uchrashuvda bo‘lmaganman", deb javob qaytardi.

Peskovning aytishicha, saylovoldi kampaniyasi hali boshlanmagan. "Hozircha ro‘yxatdan o‘tgan birorta nomzod yo‘q. Hozir Rossiya prezidenti Vladimir Putinning raqiblari haqida gapirish dargumon, chunki Putinning o‘zi nozmodini qo‘yishi haqida hech narsa aytmagan va saylov kampaniyasi boshlanishigacha hali vaqt borligini aytgan", deb ta'kidlab o‘tdi Peskov. Uning aytishicha, Putin ayni vaqtda o‘z e'tiborini prezidentlik ishlariga qaratmoqchi.

18 oktabrda Kseniya Sobchak 2018 yilgi prezidentlik saylovlarida ishtirok etmoqchiligini e'lon qildi. U "Sobchak hammaga qarshi" shiori ostida prezidentlik saylovlari kampaniyasi saytini ishga tushirgan. Biroq teleboshlovchi agar saylovlarga muxolifatchi Aleksey Navalniy nomzodi qo‘yiladigan bo‘lsa, o‘z nomzodini qaytarib olishini aytgan. Ayni vaqtda muxolifat Sobchakning nomzodini jiddiy qabul qilmayapti.

Ko‘proq yangiliklar: