Qozog‘istonda Microsoft akademiyasi ochiladi

Fan-texnika 10:50 / 19.10.2017 3999

Qozog‘istonning Qizilo‘rda viloyatida Microsoft akademiyasi va innovatsion muhandislik markazi ochiladi. Bu haqda BNews agentligi viloyat hokimi Qrimbek Kusherbayevga tayanib xabar berdi.

«Joriy yilning aprel oyida Qizilo‘rda viloyati Qozog‘istonda birinchi bo‘lib Microsoft kompaniyasi bilan hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzoladi. Iyuldan boshlab viloyatda onlayn ta'lim orqali zamonaviy muhandislik-kompyuter texnologiyalaridan foydalanuvchi yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash boshlandi. Shuningdek, qo‘shma ilmiy-tadqiqot va tajriba ishlarini amalga oshirish uchun Qizilo‘rda davlat universiteti negizida Microsoft akademiyasini tashkil etishga kelishib olindi», - deya aytib o‘tdi mintaqa hokimi.

Shuningdek, Qizilo‘rda viloyati Moskva po‘lat va qotishmalar instituti bilan hududda Moskvadagiga o‘xshash tadqiqot va ishlab chiqarish muhandislik markazini ochish bo‘yicha muzokaralar boshladi.

Ko‘proq yangiliklar: