KXDR AQShga «kutilmagan zarba» bilan tahdid qildi

Jahon 09:58 / 19.10.2017 45749

Pxenyan Vashingtonga «kutilmagan favqulodda zarba» bilan tahdid qildi. Bu haqda Shimoliy Koreya hukumatining AQSh va Janubiy Koreya mashqlari bo‘yicha izohida aytiladi, deb xabar bermoqda Koreya Markaziy telegraf agentligi.

«Hozirda, dushmanlar mashqlar KXDRga haqiqiy zarbani ko‘rsatib berishi haqida gapirayotganda, ular shuni tushunishi kerakki, Shimoliy Koreyaning eng qat'iy aksilchoralari zarba berishga butunlay tayyor», - deyiladi bayonotda.

Shuningdek, unda ta'kidlashicha, AQSh «asosiy nishonlarni» o‘zi juda yaqin masofaga olib kelib berdi.

«AQSh kutilmagan vaqtda favqulodda zarba bilan to‘qnash kelishini kutishi lozim», - deyiladi bayonot matnida.

Ko‘proq yangiliklar: