YeChL. «Roma» «Chelsi»ga 3ta gol urdi, «Olimpiakos» 10 kishi qolgan «Barselona»dan yengildi

Sport 02:23 / 19.10.2017 18696

Chempionlar ligasi 3-tur o‘yinlari yakunlandi. 

Kunning markaziy o‘yinida “Chelsi” o‘z maydonida “Roma”ni qabul qildi. Gollarga boy bo‘lgan uchrashuv 3:3 hisobidagi durang bilan yakunlandi.

O‘yinning 11-daqiqasida David Luiz mezbonlarni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, 37-daqiqada Azar oradagi farqni oshirdi. 40-daqiqada Kolarov mehmonlarning ilk golini kiritgan bo‘lsa, 64- va 70-daqiqalarda Jyeko dubl qayd etib, rimliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. 75-daqiqada Azar o‘yindagi so‘nggi golni kiritib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

“PSJ” safarda “Anderlext”ga qarshi maydonga tushib, mezbonlar darvozasiga javobsiz 4ta gol kiritdi. Parijliklarning hujum chizig‘i a'zolari – Mbappe, Kavani, Neymar hamda Di Mariya 1tadan gol kiritib, “PSJ”ga g‘alaba keltirdi.

D guruhi a'zosi “Barselona” esa o‘z uyida “Olimpiakos”ni qabul qildi. 18-daqiqada Nikolau o‘z darvozasiga gol urib, mezbonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 42-daqiqada Pike ikkinchi sariq kartochka bilan jazolanib, kataloniyaliklarni bir kishi kam o‘ynashga majbur qildi. 61-daqiqada Messi jamoasining ikkinchi golini kiritgan bo‘lsa, oradan 3 daqiqada o‘tib, Din oradagi farqni yirik ko‘rinishga olib keldi. O‘yin asosiy vaqtining 89-daqiqasida Nikolau mezbonlar darvozasini ishg‘ol etib, jamoasini yirik mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.

Kunning qolgan uchrashuvlarida quyidagi natijalar qayd etildi:

Chempionlar ligasi, 3-tur

A guruhi

TsSKA Rossiya – Bazel Shveytsariya 0:2 (0:1, 0:1)

Gollar: 0:1 – 29 Djaka, 0:2 – 90 Oberlen.

TsSKA – Akinfeyev, Ignashevich (Natxo, 46), Berezutskiy, SHCHennikov, Vasin, Vernblum, Golovin, Milanov (Kuchayev, 70), Fernandes, Vitino, Jamaletdinov (Chalov, 77).

Bazel – Vatslik, Akanji, Suxi, Alvares, Petretta, Shteffen (Byua, 87), Djaka, Elyunussi (Fransson, 90), Dzuffi, Lang, Ayyeti (Oberlen, 61).

Ogohlantirish: Natxo (73).

Benfika Portugaliya – Manchester Yunayted Angliya 0:1 (0:0, 0:1)

Gol: 0:1 – 64 Reshford.

Benfika – Svilar, Luizao, Grimaldo, Duglas Pereyra, Diash, Salvio (Servi, 83), Augusto, Feysa, Pitstsi (Jivkovich, 59), Ximenes, Diogu Gonsalvesh (Jonas, 69).

Manchester Yunayted – De Xea, Smolling, Blind, Valensiya, Lindelef, Mata (Lingard, 83), Matich, Errera, Mxitaryan (Maktomini, 90), Reshford (Marsyal, 76), Lukaku.

Ogohlantirishlar: Luizao (5), Valensiya (41), Diogu Gonsalvesh (54), Lingard (90).

Chetlatish: Luizao (90).

B guruhi

Anderlext Belgiya – PSJ Fransiya 0:4 (0:2, 0:2)

Gollar: 0:1 – 3 Mbappe, 0:2 – 44 Kavani, 0:3 – 66 Neymar, 0:4 – 88 Di Mariya.

Anderlext – Zels, Mboji, Desxaxt (Obradovich, 89), Appia, Trebel, Dendonker, Gerkens (Bruno, 81), Kums (Jozue Sa, 57), Xanni, Teodorchik, Onekuru.

PSJ – Areolya, Markinos, Kurzava, Dani Alves, Kimpembe, Verratti (Lo Chelso, 75), Motta (Draksler, 71), Rabo, Neymar, Mbappe, Kavani (Di Mariya, 74).

Ogohlantirishlar: Motta (51), Mbappe (54), Onekuru (55), Teodorchik (71).

Bavariya Germaniya – Seltik Shotlandiya 3:0 (2:0, 1:0)

Gollar: 1:0 – 17 Myuller, 2:0 – 29 Kimmix, 3:0 – 51 Xummels.

Bavariya – Ulrayx, Xummels, Boateng, Alaba, Robben, Kimmix (Rafinya, 80), Rudi, Alkantara (Vidal, 67), Koman (Xames, 78), Myuller, Levandovski.

Seltik – Gordon, Lyustig, Tirni, Gamboa, Boyata, Braun, Ntcham, Armstrong (Rogich, 65), Roberts (Forrest, 78), Sinkleyr, Griffits (Dembele, 65).

Ogohlantirish: Roberts (39).

C guruhi

Qorabog‘ Ozarboyjon – Atletiko Ispaniya 0:0 (0:0, 0:0)

Qorabog‘ – Shexich, Medvedev (Jyeznichak, 71), Guseynov, Sadygov, Agoli, Garayev, Pedro Enrike (Gere, 69), Michel (Elyunussi, 85), Rishard, Madatov, Ndlovu.

Atletiko – Oblak, Vrsalko, Ximenes, Godin, Filipe Luis, Gaytan (Parti, 64), Gabi, Saul, Ferreyra Karrasko (Korrea, 72), Grizmann, Gameyro (Torres, 72).

Ogohlantirishlar: Michel (53), Ndlovu (59), Guseynov (90).

Chetlatish: Ndlovu (75).

Chelsi Angliya – Roma Italiya 3:3 (2:1, 1:2)

Gollar: 1:0 – 11 David Luiz, 2:0 – 37 Azar, 2:1 – 40 Kolarov, 2:2 – 64 Jyeko, 2:3 – 70 Jyeko, 3:3 – 75 Azar.

Chelsi – Kurtua, Aspilikueta, Kristensen, Keyxill, David Luiz (Pedro, 57), Azar (Villian, 80), Fabregas, Dzappakosta (Ryudiger, 77), Bakayoko, Alonso, Morata.

Roma – Alisson, Fasio, Kolarov, Bruno Peres, Jyezus, Strotman (Florentsi, 83), Gonalon, Jyerson (Pellegrini, 74), Nainggolan, Perotti (El-Shaaravi, 88), Jyeko.

Ogohlantirish: Bakayoko (69).

D guruhi

Yuventus Italiya – Sporting Portugaliya 2:1 (1:1, 1:0)

Gollar: 0:1 – 12, avtogol Aleks Sandro, 1:1 – 29 Pyanich, 2:1 – 84 Manjukich.

Yuventus – Buffon, Kellini, Benatiya (Bardzali, 46), Aleks Sandro, Sturaro (Duglas Kosta, 84), Kuadrado, Xedira (Matyuidi, 62), Pyanich, Manjukich, Dibala, Iguain.

Sporting – Ruy Patrisiu, Koates, Koentrau (Silva, 77), Pichchini, Mate, Fernandesh, Battalya (Dumbiya, 87), Jyelson Martinsh (Palinya, 76), Vilyam Karvalyu, Akunya, Dost.

Ogohlantirishlar: Koates (25), Fernandesh (36), Sturaro (68), Kellini (83).

Barselona Ispaniya – Olimpiakos Gretsiya 3:1 (1:0, 2:1)

Gollar: 1:0 – 18, avtogol Nikolau, 2:0 – 61 Messi, 3:0 – 64 Din, 3:1 – 89 Nikolau.

Barselona – ter Stegen, Umtiti, Pike, Din, Paulino, Serji Roberto, Inesta (Rakitich, 67), Buskets (Andre Gomesh, 80), Deulofeu (Maskerano, 46), Messi, Suares.

Olimpiakos –  Proto, Nikolau, Botia, Elabdellaui, Kutris, Ojija-Ofoe (Fortunis, 71), Romao, Karsela-Gonsales (Pardo, 65), Jiye (Jurjyevich, 55), Andrutsos, Zdelar.

Ogohlantirishlar: Pike (11), Romao (31), Nikolau (60), Elabdellaui (90).

Chetlatish: Pike (42).

 

Ko‘proq yangiliklar: