Doktorantlar korxonalarga biriktiriladi va ularga uzoq muddatli ipoteka krediti taqdim etiladi

O‘zbekiston 00:52 / 19.10.2017 12875

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 oktabrda «Doktorantlarga ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishda moddiy sharoitlar yaratish va ularning mehnat faoliyatini yanada rag‘batlantirish to‘g‘risida»gi qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishida moddiy sharoitlar yaratish va ularning mehnat faoliyatini yanada rag‘batlantirish maqsadida ular ishlab chiqarish korxonalari hamda tashkilotlariga biriktiriladi va ularga uzoq muddatli ipoteka kreditlari taqdim etiladi.

Qatorga ko‘ra, doktorantlarga quyidagi tartibda uzoq muddatli ipoteka kreditlari taqdim etiladi:

Shaharlarda ko‘pkvartiralari uylarni qurish va rekonstruksiya qilish uchun — 20 yilga, bunda muddatning 3 yili imtiyozli (faqat foiz to‘lanadi), dastlabki 5 yili 7 foizlik stavkada, keyingi davrlarda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi miqdorida foiz stavkasi amal qiladi. Bu holda kvartira narxining 25 foizi miqdorida boshlang‘ich badal to‘lanadi.

Qishloq joylarda yangilangan tipdagi loyihalar asosida turar-joylar qurish uchun — 15 yilga, bunda muddatning 3 yili imtiyozli (faqat foiz to‘lanadi), dastlabki 5 yili 7 foizlik stavkada, keyingi davrlarda Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasi miqdorida foiz stavkasi amal qiladi. Bu holda boshlang‘ich badal quyidagicha to‘lanadi:

- Ikki, uch qavatli ko‘p kvartirali (2 va 3 xonali) turar uy-joy binolarida va bir qavatli 2-3 qavatli turar-joylarda — 15 foiz;

- Ikki qavatli 4 xonali, bloklashtirilgan turar uy-joy binolarida — 25 foiz.

Ko‘proq yangiliklar: