Amerika agentligi Facebook va Google musulmonlarga qarshi reklamalarni joylashtirganini aniqladi

Jamiyat 08:27 / 19.10.2017 8161

Amerikaning Facebook va Google kompaniyalari o‘tgan yilgi AQSh prezidentligi saylovlarida o‘z ijtimoiy tarmoqlarida muhojirlar va musulmonlarga qarshi reklama xabarlari joylashtirishni qo‘llab-quvvatlagan. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar qilmoqda.

Ma'lum bo‘lishicha, gap Secure America Now ("Amerikani hoziroq xavfsizlantiring") nomli konservativ tashkilotining reklama roligi haqida bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan videoroliklar va boshqa axborotlar, xususan, Islom diniga e'tiqod qiluvchilarning AQShga kirishini cheklashga qaratilgan edi. 

Bu tashkilot, Bloomberg agentligining aniqlik kiritishicha, o‘tgan yilgi saylovlarda demokratlar nomzodi Hillari Klintonga qarshi bo‘lgan. Secure America Now joylashtirgan reklamalarda dunyoda shariat me'yorlari joriy etilishining xavfidan ogohlantirilgan, demokratlar terrorchilarga qiyoslangan. Bu kabi reklamalar AQShning “bir qarorga kelmagan” shtatlari aholisiga qaratilgan, deb yozadi Bloomberg.

Ikkala texnologik kompaniyalar mutaxassislari Secure America Now bilan joylashtirilayotgan e'lonlar bo‘yicha qalin hamkorlik qilgan. Google vakillari 2016 yil iyunida Secure America Now vakillari bilan uchrashgan va reklama xabarlarini qanday yaxshilash mumkinligini muhokama qilishgan. Facebook esa, tashkilot videoroligining biridan yangi formatdagi videoroliklar sinovini o‘tkazishda foydalangan. O‘sha videoda AQSh hududida terrorchilik uyushtirgan mussulmonlar fotosuratlari ko‘rsatilgan. 

Hozircha, Facebook bu da'volarga izoh berishdan bosh tortgan. Google vakili esa, kompaniya alaloqibat, Secure America Now tomonidan joylashtirilgan bir qancha roliklarni to‘sib qo‘yganini bildirdi. 

Ko‘proq yangiliklar: