AQSh rohingya musulmonlari ta'qib qilinayotgani uchun Myanmaga sanksiya joriy qilishi mumkin

Jahon 08:04 / 19.10.2017 9737

40 dan ortiq amerikalik kongressmenlar rohingya musulmonlari ta'qib qilinayotgani uchun Myanma davlatiga qarshi sanksiyalar qo‘llashni taklif qildi. Bu haqda Reyter agentligi xabar qilmoqda.

"Biz Birma hududida qamalib qolgan yoki unga qaytishni xohlayotganlarning himoyasini va xavfsizligiga erishish, shuningdek qo‘shni mamlakatlardan zo‘rlik bilan qaytarilishga halaqit berish uchun barcha narsani qilishga chaqiramiz", — deyiladi maktubda. 

Gap shundaki, Amerika parlamenti a'zolari Myanma harbiy hukumatiga nisbatan amalda bo‘lgan, biroq keyinchalik bekor qilingan sanksiyalarni qaytarishni so‘ramoqda. Vashington Myana demokratiya yo‘liga kirdi, deb hisoblagani uchun sanksiyalarni bekor qilishga qaror qilgan edi. 

Xalqaro migratsiya tashkiloti ma'lumotlariga ko‘ra, Myanma bilan qo‘shni Bangladeshga avgust oyi oxiridan beri 500 mingdan ortiq rohingya musulmonlari qochib o‘tgan. OAV va xalqaro tashkilotlar vakillarining kirishiga ruxsat berilmayotgani sababli rohingya musulmonlari istiqomat qilayotgan hududlardagi vaziyat qanday ekani noma'lum bo‘lib qolmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: