Aqlni shoshiruvchi suratlar: Wildlife Photographer of the Year 2017 g‘oliblari aniqlandi

Jamiyat 08:51 / 19.10.2017 39555

17 oktabr kuni London Tabiiy tarix muzeyi Wildlife Photographer of the Year 2017 har yillik fototanlovi yakunlarini sarhisob qildi. Tanlovda dunyoning turli burchaklaridan bo‘lgan fotosuratchilar ishtirok etishlari mumkin edi. G‘oliblar orasida juda ham yosh ishtirokchilar bor edi, ular uchun tanlovda maxsus «yosh» toifasi tashkil etildi.

TJ yuborilgan yuzdan ziyod asarlardan tanlab olingan 15 nafar g‘olibning fotosuratlarini e'lon qildi.

«Qutbli pa-de-de». Surat «Qora va oq» yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi. Eylo Envinger fotosi, Wildlife Photographer of the Year 2017

«Tungi istilochi». Surat «O‘zi yashaydigan dunyodagi hayvonlar» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib chiqdi. Kadr Emas milliy bog‘ida olingan. Braziliyalik Marcio Kabral surati, Wildlife Photographer of the Year

«Tiqilib qolgan». Surat «11-14 yosh» yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi. Eshli Skalli fotosi, Wildlife Photographer of the Year

«Muz maxluqi». Surat «Atrof-muhit» yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi. Fotosuratda aysbergning suv osti qismi ko‘rsatilgan. Loran Ballest fotoasi, Wildlife Photographer of the Year

«Hayot gobeleni». Surat «O‘simliklar va qo‘ziqorinlar» toifasida g‘olib bo‘ldi. Ruminiyalik Dorin Bofan surati, Wildlife Photographer of the Year

«Poygachi-chavandoz meduza». Surat «Suv osti dunyosi» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Entoni Barberian fotosi, Wildlife Photographer of the Year

«Qadimiy marosim». Surat «O‘zini tutish: amfibiyalar va reptiliyalar» nominatsiyasida g‘olib chiqdi. AQShdan Brayan Skerri surati, Wildlife Photographer of the Year

«Mushohada». Surat «Hayvonlarning portretlari» yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi. Janubiy afrikalik Piter Delan surati, Wildlife Photographer of the Year

«Dengiz qisqichbaqasi syurprizi». Surat «O‘zini tutish: umurtqasizlar» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Avstraliyalik Jastin Gilligan surati, Wildlife Photographer of the Year

«Inkubator-qush». Surat «Qushlar» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Fotosuratda buta kattaoyog‘i tuxum bosib jo‘ja (bola) ochib chiqarmasligi, balki ularni yerga ko‘mib, o‘ziga xos inkubator yaratishi tasvirlanadi.   Avstraliyalik Gerri Pirs surati, Wildlife Photographer of the Year

«Palma moyida omon qolganlar». Surat «Yovvoyi tabiatning yakka suratlari» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Fotosuratda Borneo orolida yashovchi fillarning uch avlodi tasvirlangan. Ularning soni palma o‘rmonlarining kesilishi tufayli doimiy ravishda qisqarmoqda. AQShdan Aaron Gekovski surati, Wildlife Photographer of the Year

«Gigantlar uchrashuvi». Surat «O‘zini tutish: sutemizuvchilar» nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib chiqdi. AQShdan Toni Vu surati, Wildlife Photographer of the Year

«Yaxshi hayot». Surat tanlov gran-prisi va «Yilning yosh fotojurnalisti» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Niderlandiyalik Daniel Nelson surati, Wildlife Photographer of the Year

«Baliqchi qush siquvida». Surat «10 yosh va undan kichik» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Italiyalik besh yashar Yekaterina Bi surati, Wildlife Photographer of the Year

«Turga yodgorlik». Surat tanlov gran-prisi va uning asosiy toifasida g‘olib bo‘ldi. Qora karkidon brakonerlar tomonidan o‘ldirilgan, ular hayvonning shoxini kesib ketishgan. Janubiy afrikalik Brent Stirton surati, Wildlife Photographer of the Year

Ko‘proq yangiliklar: