Video: IShIDdan ozod qilingan Raqqa shahrining ayanchli ahvoli

Jahon 10:38 / 18.10.2017 26018

Seshanba kuni AQSh tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan kuchlar Suriyaning Raqqa shahrini IShID nazorati ostidan butunlay ozod etdi hamda IShIDning «poytaxti» uchun kechgan to‘rt oylik jangga nuqta qo‘yildi, deya xabar berdi Reuters.

Manbaning xabar berishicha, jangarilar Raqqa stadionida SDF jangarilarining eng kuchli guruhi bo‘lgan kurdlarning xalq mudofaasi Otryadlari (YPG) bayrog‘ini ko‘tarishgan. 

Suriya Demokratik kuchlari (SDF)  qo‘mondoni Roja Felatning aytishicha, jang tugagan, biroq kurd va arab jangarilari ittifoqi stadionda joylashtirilgan minalarni yo‘qotmoqda hamda IShID jangarilari berkinishi mumkin bo‘lgan boshpanalarni qidirmoqda. 

Britaniyada joylashgan Suriyadagi Inson huquqlari bo‘yicha kuzatuv kengashining xabar berishicha, shahar IShID nazorati ostidan butunlay ozod qilingan.

CNN telekanali esa Raqqa shahrining drondan olingan videotasvirini e'lon qildi. Video nashrning Twitter’dagi sahifasida joylashtirilgan.

Videoyozuvda shaharning bo‘m-bo‘sh ko‘chalari va yarim vayron holatdagi binolarini ko‘rish mumkin: shahar tumanlaridan biridan tutun ko‘tarilmoqda, Suriya Demokratik kuchlari (Bashar Asad rejimiga muxolif tuzilma) avtomashinalari Paradise Square maydonida harakatlanmoqda. Shuningdek, kadrda terrorchilarning «so‘nggi qal'asi» hisoblangan shahar markazidagi stadion va milliy shifoxona ko‘rsatilgan.

Reuters ma'lumotlariga ko‘ra, Raqqaning boy berilishi terrorchilik guruhi o‘z pozitsiyalarini tark etayotganidan dalolat berishi mumkin. Shahardan jangarilar chet ellarda hujumlarni rejalashtirishgan.

SDF iyun oyidan buyon Amerika Qo‘shma Shtatlari boshchiligidagi xalqaro koalitsiya yordamida IShID «poytaxti»ni qo‘lga kiritishga harakat qilib keldi. «Biz bilamizki, IShID jangarilari tomonidan ishg‘ol etilgan hududlarda hamon qo‘lbola portlatish qurilmalari va mina-qopqonlar bor, shuning uchun SDF ushbu hududlarni tozalashda davom etmoqda», - deya aytib o‘tdi koalitsiya vakili polkovnik Rayan Dillon.

Alyans so‘nggi hujumni yakshanba kuni, bir guruh suriyalik terrorchilar shaharni tark etib, so‘nggi pozitsiyalarni himoya qilish uchun taxminan 300 jangarini qoldirishganidan so‘ng boshladi.

Raqqa Iroq va Suriyadagi tez g‘alabalar seriyasiga qadar 2014 yilda IShID tomonidan egallab olingan birinchi yirik shaharga aylandi. Hodisa oqibatida millionlab odamlar terrorchilar nazorati ostida qoldi.

IShID jangarilari shaharni Yaqin Sharqdagi jangovar harakatlar uchun tezkor markaz sifatida ishlatishgan va chet eldagi hujumlarni rejalashtirishgan hamda u yerda ma'lum muddat davomida g‘arblik shaxslarni garovda ushlab turishgan.

Ko‘proq yangiliklar: