O‘zbekistonning televizion auditoriyasi tadqiq qilinadi

O‘zbekiston 22:27 / 18.10.2017 14005

Kantar va WPP xalqaro xolding tarkibiga kiruvchi Kantar Research kompaniyasi O‘zbekistonning televizion  auditoriyasini o‘lchash huquqini oldi.

Kompaniya 2017 yilning may oyida Milliy Mediakengash tomonidan o‘tkazilgan tenderda g‘olib bo‘lgan. 

Kompaniya Kantar Media savdo belgisi ostida televideniye auditoriyasi tadqiqotlarini o‘tkazadi. Hozirda teleo‘lchovlarni yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan texnik jihozlash ishlari avjida.

Kantar Research MChJ loyihasini bosqichma-bosqich ishga tushirish rejalariga ko‘ra, o‘lchov tizimi ilk ikki yilda 200 mingdan ziyod aholiga ega bo‘lgan shaharlarning 400 oilasidagi 1,5 ming teletomoshabinni qamrab oladi.

Oilalar xalqaro tajriba ko‘ra qabul qilingan usullarga muvofiq tanlab olinadi, ularga tomosha qilinuvchi  telekanallar efiri vaqti va chastotasini qayd etish uchun maxsus "pipl-metr" qurilmalari o‘rnatiladi.

Uchinchi yildan boshlab tadqiqot ishtirokchilari qatoriga O‘zbekistonning 100 mingdan ziyod aholiga ega shaharlaridagi 550 oilagacha oshirish rejalashtirilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: