«O‘zbekiston havo yo‘llari» va Air Astana parvozlar sonini ko‘paytirishga kelishib oldi

O‘zbekiston 18:25 / 18.10.2017 5418

«O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK direksiyasida aviakompaniya rahbariyati va Air Astana AJ bilan ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muzokaralar chog‘ida tomonlar ikki mamlakat sayyohlik salohiyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasida yo‘lovchi tashuvlarini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar. Shuningdek, «Uzbekistan airways technics» aviakorxonasi bazasida Air Astana AJ havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish va ta'mirlashni amalga oshirish hamda MAK Trenajyer majmuasida qozog‘istonlik uchuvchilarning tayyorgarlikdan o‘tishi bo‘yicha hamkorlik jihatlari ko‘rib chiqildi.

Uchrashuv yakunida ikki aviakompaniya vakillari muzokaralar Bayonnomasini imzoladi. Toshkentdan Olmaota, Ostona va ortga muntazam reyslar sonini oshirish haqida kelishuvga erishildi, shuningdek, Qozog‘istondan O‘zbekiston tarixiy shaharlari – Urganch, Buxoro, Samarqandga yangi yo‘nalishlarni ochish masalasi muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, hozirgi vaqtda «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK va Air Astana AJ Toshkent va Olmaota o‘rtasida muntazam parvozlarni tenglik asosida amalga oshirmoqda – haftasiga 6 marta, Ostona bilan esa – haftasiga ikki marta.

Ko‘proq yangiliklar: