O‘rta ta'lim muassasalari uchun zarur bo‘ladigan jihozlar me'yorlari tasdiqlandi

Jamiyat 08:58 / 18.10.2017 6513

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining buyrug‘i bilan umumiy o‘rta ta'lim muassasalari uchun zarur bo‘ladigan jihozlar me'yorlari tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, 1-4 sinflar xonalari uchun jihozlar ro‘yxatidan 6 ta jihoz o‘rin olgan. Ular orasida sinf doskasi, o‘quvchi stoli va stuli, o‘qituvchi stoli, yarim yumshoq stul, kitob javoni va kiyim javoni bor. Shuningdek, 1-4 sinf chet tillarini o‘rganish xonasi uchun 9 jihoz tasdiqlandi.

5-11 sinf xonalari uchun jami 631 ta jihoz ro‘yxati tasdiqlandi.

Qayd etilishicha, mazkur me'yorlar davlat umumiy o‘rta ta'lim muassasalariga nisbatan tatbiq etiladi. 

Jihozlarning batafsil ro‘yxati bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqish mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: