Toyota Tokiodagi avtosalonda vodorodda ishlovchi avtobusni taqdim qiladi

Fan-texnika 23:40 / 18.10.2017 7883
Foto: motor.ru

Toyota Tokioda o‘tadigan avtosalonda yonilg‘i yacheykalarida ishlovchi dvigatelga ega Sora avtobusi kontseptini namoyish qiladi. 2018 yilda avtobusning tijoriy versiyasi paydo bo‘ladi. 2020 yilgacha, ya'ni yozgi Olimpiadadan oldin bu avtobusdan 100 dan ko‘prog‘i ko‘chalarda harakatlanishni boshlashi rejalashtirilmoqda. 

Sora avtobusi Toyota Mirai sedanida o‘rnatilgan vodorod kuch qurilmasining takomillashgan versiyasi bilan jihozlangan. Bu kuch qurilmasi umumiy quvvati 154 ot kuchiga ega bo‘lgan ikkita elektromotor va vodorodning kislorod bilan reaksiyasi vaqtida energiya ishlab chiqariluvchi elektrokimyoviy generatordan tashkil topgan. Avtobus 600 litr vodorod joylashadigan 10 ta bak bilan jihozlanadi.    

Foto: motor.ru

Bundan tashqari, avtobus 9 kilovatt quvvatga ega 235 kilovatt-soatlik tashqi energotizim bilan jihozlangan. U tabiiy ofatlardan keyin energiya manbai sifatida qo‘llanishi mumkin. 

Avtobus avtomatik yig‘iluvchi yon o‘rindiqlar, velosipedchilar yoki piyodalarni ko‘rish uchun tashqi kameralar va avtobus stansiyalaridagi liniyalar bo‘yicha avtomatik to‘xtash tizimi bilan jihozlangan. Avtobus boshqa transport vositalari hamda yo‘ldagi qo‘zg‘almas obektlar bilan simsiz aloqani qo‘llab-quvvatlaydi hamda boshqa avtobuslar bilan birga avtomatik tarzda harakatlanishi mumkin.

Foto: motor.ru
Foto: motor.ru

Tokiodaga avtosalonda shuningdek markaning vodorodda ishlovchi Fine-Comfort Ride kontsept-kari taqdim qilinadi. Bu miniven turidagi modelning yurish zaxirasi 1000 km ga yaqinni tashkil qiladi. Kontsept-kar 6 o‘rinli salon va yon oynalarda joylashgan proyektsion displeylar olgan. 

Shuningdek, marka nogironlar uchun Concept-i Ride prototipini taqdim qiladi. Bu model "chayka qushi" turida eshiklar, rul va pedal o‘rniga joystiklar, nogironlar aravasini saqlash uchun maxsus joy va suriluvchi yo‘lovchi o‘rindig‘i bilan jihozlangan.  

Tokio avtasaloni 27 oktabrdan 5 noyabrgacha davom etadi.

Ko‘proq yangiliklar: