«Tottenhem» Madriddan ochko olib qaytdi, «Borussiya» Kiprda g‘alaba qozona olmadi

Sport 03:30 / 18.10.2017 8817

Yevropa chempionlar ligasida guruh bosqichining 3-tur uchrashuvlari boshlandi. «Real» Madridda «Tottenhem Hotspur» qarshiligini sindira olmadi. «Santyago Bernabeu»da kechgan uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.

Birinchi bo‘lim o‘rtalarida londonliklar Harri Keynning zarbasidan keyin Rafael Varan o‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi. Ammo bo‘lim oxirida Krishtianu Ronaldu penaltidan hisobni tenglashtirdi.

N guruhidagi ikkinchi uchrashuvda Dortmundning «Borussiya» jamoasi kutilmaganda Kiprda ochko yo‘qotdi. APOELga qarshi o‘yinda g‘olib aniqlanmadi — 1:1.

Endilikda N guruhida 3 turdan keyin shunday holat yuzaga kelgan: 1. «Tottenhem» — 7 ochko; 2. «Real» — 7; 3. «Borussiya» — 1; 4. APOEL — 1.

Chempionlar ligasi
H guruhi

Real – Tottenhem 1:1 (1:1, 0:0)
Gollar: 0:1 – 28, avtogol Varan, 1:1 – 43, penalti Ronaldu.
Real Madrid – Navas, Varan, Marselo, Xakimi, Ramos, Kroos, Kazemiro, Isko (Vaskes, 87), Modrich, Ronaldu, Benzema (Asensio, 76).
Tottenhem – Loris, Alderveyreld, Sanches, Ore, Vertongen, Sissoko (Son Xin Min, 89), Dayyer, Uinks, Eriksen, Lorente (Rouz, 80), Keyn.
Ogohlantirishlar: Ronaldu (32), Ore (43).

APOEL – Borussiya Dortmund 1:1
Gollar: 1:0 – 62 Pote, 1:1 – 67 Papastatopulos.
APOEL – Vaterman (Gudino, 45), Rueda, Lago, Vuros, Merkis, Vinisius, Nunu Moraish, Aloneftis, Zaxid, Ebesilio (Shallai, 72), de Kamargo (Pote, 30).
Borussiya D –    Byurki, Papastatopulos, Shmeltser (Filipp, 73), Bartra, Toprak (Tolyan, 60), Kagava, Vaygl, Pulishich, Gettse, Yarmolenko (Isak, 82), Obameyang.
Ogohlantirishlar: Ebesilio (21), Tolyan (77), Vaygl (84), Papastatopulos (87), Pote (87), Shallai (88).

Ko‘proq yangiliklar: