Sport TV yangi mavsumdan APL translyatsiyasini sotib olishi mumkin

Sport 12:40 / 18.10.2017 15236

«Sport» telekanali 2018/2019 yilgi mavsumdan boshlab Angliya premer-ligasi o‘yinlarini namoyish etishi mumkin.Bu haqda KUN.UZ'ga vaziyatdan xabardor manbalar ma'lum qilgan.

Hozirda APL o‘yinlarini O‘zbekiston bo‘ylab namoyish etish huquqi UzReport TV'ga tegishli. Mavsum yakunida bu bitim yakuniga yetadi. Shu bois Sport telekanali bu vaziyatdan foydalanib raqobatda yutib chiqishni rejalashtirgan.

Eslatib o‘tamiz, hozirgacha Sport telekanalida Fransiya va Italiya chempionati o‘yinlarini translyatsiya qilish huquqi mavjud.

Ko‘proq yangiliklar: