Shanxay aeroportida radioaktiv yuanlar aniqlandi

Jamiyat 09:42 / 18.10.2017 3261

Shanxayning Pudun xalqaro aeroportida bojxona xodimlari radioaktiv banknotalarni aniqlashdi. Yuqori radiatsiyaga ega, umumiy qiymati 10 ming yuanni tashkil qilgan pullar yuk tekshirilayotganda topildi. Bu haqda "Shanxay jibao" nashri xabar berdi.

Ta'kidlanishicha, voqea 10 oktabrda yuz bergan. Nazorat tizimi toksik modda Ameritsiy-241’ni aniqlagan. Bu moddaning yarim parchalanish davri 433 yilni tashkil qiladi. Radioaktiv modda inson uchun xavfli bo‘lib, saraton hujayralari paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. 

Pullar yo‘lovchidan musodara qilingan, u hozircha qo‘yib yuborildi. Ehtimol, erkak xavfli yuk olib ketayotganini bilmagan. Ushbu holat yuzasidan tergov olib borilmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: