Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi vazifalari nimalardan iborat?

O‘zbekiston 08:37 / 18.10.2017 8558

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 14 oktabrdagi qarori bilan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namunaviy ustavi tasdiqlandi.

Qaror bilan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namunaviy ustavi ilovaga muvofiq tasdiqlandi.

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga Vazirlar Mahkamasining “Sog‘liqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004 yil 8 iyundagi 264-son qarorida nazarda tutilgan tartibning quyidagi qismlari tatbiq etiladi:

tashxis qo‘yish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish;

imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjyeti mablag‘lari hisobiga davolash qiymatini to‘lash;

shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni shifoxonaga joy l ashtirish;

markazlar faoliyati daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filialining Namunaviy ustavini tasdiqlaydi.

Ustavga ko‘ra, Markaz o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:

o‘z ixtisosligi bo‘yicha hozirgi zamon xalqaro talablari darajasida kasalliklarga tashxis ko‘yish, ularni davolash va oldini olishning eng samarali, murakkab va yuqori texnologik usullariga bo‘lgan respublika aholisining ehtiyojini qondiradi;

o‘z ixtisosligi bo‘yicha keng tarqalgan kasalliklarga tashxis qo‘yish, ularni davolash va oldini olishning ilg‘or samarali usullari hamda texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy etadi;

Markazning filiallariga, shuningdek respublika mintaqalarida o‘z ixtisosligi bo‘yicha maslahat-diagnostika tibbiy yordamini ko‘rsatuvchi boshqa shu yo‘nalishdagi muassasalarga (bo‘linmalarga) tashkiliy-uslubiy va ilmiy-amaliy yordam ko‘rsatadi;

mintaqalarga borgan holda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatadi;

o‘z ixtisosligi bo‘yicha o‘zining yuqori malakali mutaxassislar maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi;

Markaz ixtisosligi bo‘yicha tibbiyot sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga kiritadi;

dori vositalarini, tibbiyot buyumlarini, shuningdek o‘z ixtisosligi bo‘yicha tashxis qo‘yish va davolash usullarini klinik sinovdan o‘tkazadi;

xorijdagi tibbiyot hamjamiyatiga o‘zining ilmiy va texnologik yutuqlarini taqdim etadi;

o‘z ixtisosligi bo‘yicha o‘zining ilmiy, o‘quv-uslubiy va axborot-ma'lumotnoma materiallarini chop etadi;

tibbiyot kadrlarini, shu jumladan klinik ordinaturada, bazaviy doktoranturada, doktoranturada, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi;

Markazning tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, chet mamlakatlarning shu yo‘nalishdagi tibbiyot muassasalari ishtirokida qo‘shma ilmiy-amaliy tadqiqotlar o‘tkazish uchun yuqori malakali chet ellik mutaxassislarni jalb qiladi;

amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlagan holda nazariy bilimlarni o‘zlashtirish asosida tibbiyot ta'lim muassasalarida shu yo‘nalishdagi mutaxassisliklar bo‘yicha ta'lim sifatini oshirishga faol ko‘maklashadi.

Markaz O‘zbekiston Respublikasi Moliya  vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat ko‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tariflarni shakllantirish tartibiga muvofiq tashxis qo‘yish va davolash sifati bo‘yicha tasdiqlangan standartlarga ko‘ra ko‘rsatiladigan barcha turdagi tibbiy xizmatlar narxlarini mustaqil ravishda tasdiqlaydi.

Markaz quyidagilarga majbur:

yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj bo‘lgan kasallarga tashhis qo‘yish va ularni davolash sifati hamda standartlarining hozirgi zamon xalqaro talablari darajasida saqlanishini va rivojlantirilishini ta'minlash;

o‘z ixtisosligi bo‘yicha quyidagilarga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatish;

ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida aniqlanadigan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga bepul asosda;

O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga (bundan ushbu bandning to‘rtinchi xat boshida ko‘rsatilgan shaxslar mustasno), shuningdek chet ellik fuqarolarga va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga pulli asosda;

Markazning filiallariga, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi, viloyatlardagi va Toshkent shahridagi mintaqaviy bo‘linmalariga maslahat, uslubiy va texnik yordam ko‘rsatish;

o‘z ixtisosligi bo‘yicha oldini olish, tashhis qo‘yish va davolashning yangi texnologiyalarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarning yuksak darajada o‘tkazilishini ta'minlash;

Markaz tibbiyot xodimlarining kasbiy darajasini, shu jumladan mutaxassislarning xorijiy yetakchi tibbiyot ta'lim muassasalarida va klinikalarida kasalliklarga o‘z ixtisosligi bo‘yicha tashhis qo‘yish va ularni davolashning zamonaviy usullari bo‘yicha stajirovkalarini tashkil etish hisobiga doimiy ravishda oshirib borish va takomillashtirish;

Markaz xodimlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatni tashkil etish sharoitlarini yaratish va mehnatiga haq to‘lash, xavfsizlik texnikasi taqdim etish, ularni ijtimoiy jihatdan ta'minlash va maqsadli ijtimoiy himoya qilish;

Markazning moddiy-texnik bazasini o‘z mablag‘lari va jalb etiladigan mablag‘lar hisobidan rivojlantirish hamda zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlash;

mol-mulkdan aniq maqsadda foydalanish, uning butligini ta'minlash;

qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya va statistika hisobini hamda hisobotini yuritish.

Markazda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.

Markazning o‘z daromadlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:

aholiga pulli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish;

Markazning ilmiy va o‘quv bazasida boshqa tibbiyot muassasalarining shu yo‘nalishdagi mutaxassislarini tayyorlash;

ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.

Ko‘proq yangiliklar: