Pentagon: AQSh qurolli kuchlarining dunyo bo‘ylab 19 foiz mulki keraksiz

Jahon 10:21 / 18.10.2017 9676

AQSh mudofaa vazirligi – Pentagonning uqdirishicha, Amerika qurolli kuchlarining dunyo bo‘ylab mavjud mulklarining 19 foizi hech qanday foyda keltirmayapti. Shunga ko‘ra, Vashington bu inshootlardan zaxiralarni qayta taqsimlash maqsadida voz kechishi kerak. 

AQSh Kongressi Vakillar palatasining qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mita a'zolarining mudofaa vaziri Jyeyms Mettisa yo‘llagan hisobotida shu haqda so‘z boradi. Hujjat va unga ilova qilingan maktubni qo‘mita a'zosi, demokrat kongressmen Adam Smit e'lon qildi.

Mettis taqdim etgan ma'lumotlarga ko‘ra, AQSh qurolli kuchlari zimmalariga yuklangan vazifalarni ado etish uchun zarur bo‘lgan infratuzilmalardan 19 foiz ko‘p bino va inshootlarga egalik qiladi. Uning 29 foizi quruqlikdagi kuchlarga tegishli,28 foizi HHKlari ixtiyorida. "Biz soliq to‘lovchilarning pulini qurolli kuchlarga kerak bo‘lmagan bino va inshootlarga sarflamoqdamiz", - degan Smit.

"Pul sarflashga majbur bo‘lgan har bir bino bizni boshqa muhim maqsadlardan pulni qiqartirishga majbur qiladi. Men jangovar tayyorgarlikni oshirish va moderniizatsiya qilish maqsadida ortiqcha infratuzilmalardan voz kechish imkoniga ega bo‘lishim kerak", - deyiladi Mettis bayonotida. 

AQSh senati sentabr oyi o‘rtalarida mamlakat mudofaa vazirligi faoliyati yo‘nalishlariga doir qonun loyihasini qabul qilgan edi. Ushbu hujjat bilan vazirlikning 2018 yilgi byudjyetiga 700 mlrd dollar atrofida mablag‘ ajratilgandi. 

Ko‘proq yangiliklar: