Olmaotada yirik yong‘in ro‘y berdi

Jahon 10:03 / 18.10.2017 10346

Qozog‘istonning Olmaota shahrida 18 oktabrga o‘tar kechasi yirik yong‘in yuz berdi. 3,5 ming m2 maydondagi idora binosidagi yong‘inni o‘chirish ishlariga 120 dan ortiq o‘t o‘chiruvchilar jalb etildi. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q. Shahar favqulodda vaziyat departamenti rasmiy vakili Sandugash Baymuhambetova shu haqda jurnalistlarga ma'lum qildi.

RIA Novostining yozishicha, yong‘in haqidagi xabar mahalliy vaqt bilan yarim kechasi 03:00 da kelib tushgan. 

"O‘t o‘chiruvchilar voqea joyiga borgan vaqtda vaziyat quyidagicha edi: ikki qavatli ofis binosining tomi ochiq alanga domida edi, u yonida joylashgan sexga o‘tayotgandi", — degan u. 

Yong‘inni o‘chirishga bino mansardida tez alanga oluvchi qurilish materiallaridan foydalanilgani halaqit bergan. 

"O‘t o‘chirish xodimlari va qutqaruvchilarning sa'y-harakatlari bilan 05:39 da yong‘in o‘chirildi", — degan Baymuhambetova.

Alangani o‘chirishda 120 kishilik shaxsiy tarkib va 27 ta o‘t o‘chirish mashinasi, shahar kommunal xizmatining 9 ta sug‘orish mashinasi jalb etilgan. 

Foto: total.kz
Foto: total.kz
Foto: total.kz
Foto: total.kz

 

Ko‘proq yangiliklar: