Ohangaron daryosida Qamchiq kichik GES qurilishi qay holatda?

O‘zbekiston 11:51 / 18.10.2017 19050

Bugungi kunda gidroenergetika sohasida izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Kelajakda qayta tiklanuvchi energetikani rivojlantirish, respublikada gidroenergetika salohiyatidan keng foydalanish maqsadida tabiiy va sun'iy suv oqimlarida kichik gidroelektrostansiyalar qurib, elektr iste'molchilarini energiya bilan ta'minlash borasida O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 2 maydagi PQ-2947 sonli “2017-2021 yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 

Mazkur Dasturni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish yuzasidan “O‘zbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyati tomonidan loyihalar bo‘yicha uskuna va butlovchi jixozlar bilan bog‘liq bo‘lmagan dastlabki qurilish ishlari boshlangan. Qurilish-montaj ishlarining monitoringi tizimli yo‘lga qo‘yilgan. 

Dasturda ko‘rsatilgan GESlar bo‘yicha boshlangan qurilish-montaj ishlarining samarasi va natijadorligi to‘g‘risida “O‘zbekgidenergo” AJ boshqaruvi raisi Abdug‘ani Sanginov tomonidan mas'ullar bilan joylarda sayyor majlislar muntazam tashkil etib kelinmoqda.  

Ana shunday sayyor yig‘ilishlardan biri Namangan viloyatining Ohangaron daryosi bo‘yida qurilayotgan Qamchiq kichik GESda bo‘lib o‘tdi. Mazkur GESda qurilish ishlari joriy yilning iyun oyida boshlab yuborilgan. Mazkur yig‘ilishda Qamchiq GES amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan hisobotlar eshitildi. Qurilish ishlarini o‘rnatilgan muddatga amalga oshirish borasida topshiriqlar berildi. Berilgan topshiriqlarga ko‘ra, amalga oshirilayotgan  qurilish ishlarini yanada tezlashtirish maqsadida tomonidan qo‘shimcha ishchi guruhlari tashkil etilishi va ishni  ikki smenda amalga oshirish lozimligi ta'kidlandi. 

Shuni alohida ta'kidlash joizki, Qamchiq GESi “Gidroloyiha” AJ tomonidan loyihalashtirilgan bo‘lib, “To‘palangsuvgesqurilish” MChJ tomonidan  qurilish ishlari olib borilmoqda.

Hozirgi kunda mazkur obekt bo‘yicha qurilishni tashkil etish ishlari to‘liq yakunlangan. Ayni vaqtda bosimli derivatsiya inshootini qurish ishlari olib borilmoqda.

Monitoring natijalari tahliliga ko‘rajoriy yilning xozirgi davrigacha mazkur obekt bo‘yicha 282400m³ yer ishlari, 215m³ beton ishlari, 29,6tn armatura o‘rnatish ishlari bajarildi.

9 oylik yakuni bilan ushbu yangi loyiha bo‘yicha 8,3 mlrd. so‘m  miqdoridagi mablag‘lar o‘zlashtirildi. Yil oxirigacha 21,3 mlrd. so‘mga teng mablag‘larni o‘zlashtirish rejalashtirilgan.

Ko‘proq yangiliklar: