Niderlandiyada 3D-printer yordamida ko‘prik yaratildi

Jahon 00:27 / 18.10.2017 12002

Niderlandiyaning Gemert shahrida 3D-printer yordamida bosilgan dunyodagi ilk ko‘prik ochildi. Ko‘prik velosipedchilar uchun mo‘ljallangan. Ko‘prikni bosishda siyoh o‘rnida beton qo‘llandi, deb xabar bermoqda BAM Infra kompaniyasi.  

"Bugun beton yordamida bosib chiqarilgan dunyodagi ilk velosiped ko‘prigi ochildi", deyilgan xabarda.

8 metrlik ko‘prikni printerda bosish uchun 3 oy ketdi. Betonning 800 ta qatlamidan barpo etilgan ushbu ko‘prik 40 ta yuk mashinasi og‘irligini ko‘tara oladi.

Yaqin orada betondan turar joy binolari bosib chiqarish rejalashtirilmoqda.  

Ko‘proq yangiliklar: