Nazarboyevning nabirasi Qozog‘iston futbol federatsiyasidagi lavozimidan ozod etildi

Jahon 12:12 / 18.10.2017 19462

Oysulton Nazarboyev Qozog‘iston futbol federatsiyasidagi (QFF) lavozimidan ozod etildi, deyiladi tashkilot rasmiy saytidagi xabarda.

«Oysulton Nazarboyev Qozog‘iston futbol federatsiyasi vitse-prezidenti vazifasini bajaruvchi lavozimidan yo‘llagan arizasi tufayli ozod etildi», - deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida Oysulton Nazarboyev QFFning FIFA, UYeFA xalqaro tashkilotlari va milliy assotsiatsiyalar bilan aloqalar bo‘yicha vitse-prezidenti lavozimiga tayinlangandi.

Oysulton Nazarboyev futbolchi sifatida Angliyaning «Portsmut», «Lokomotiv» (hozir - «Ostona») va «Sunkara» klublari zaxira tarkibidagi o‘yinlari bilan tanish.

Ko‘proq yangiliklar: