Meksikadagi zilzilalardan keyingi tiklash ishlari 2,5 mlrd dollarga aylanadi

Jahon 09:26 / 18.10.2017 2891

Sentyabrda Meksikada yuz bergan ikkita kuchli zilzila oqibatlarini bartaraf etish Meksikaga 448 mlrd pesoga (2,53 mlrd dollar) tushadi. Bu haqda Meksika prezidenti Enrike Penya Neto ma'lum qildi.  

Avvalroq prezident tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf eetish uchun 2 mlrd dollar zarur bo‘lishini aytgan.

Zilzilalar 180 mingdan ko‘proq uy va kvartiralarni yaroqsiz holga keltirdi, 2 mln meksikalik moddiy ziyon ko‘rdi. Ayni vaqtda 10 ta jabrlangan shtatdan ikkitasi – Oaxaka va Chyapas shtatlari hali normal hayotga qaytishga muvaffaq bo‘lmadi. 

7 sentabrda yuz bergan 8,2 magnitudali birinchi zilzila vaqtida Oaxaka, Chyapas va Tabasko shtatlarida 96 kishi halok bo‘lgan. 19 sentabrdagi 7,1 magnitudali ikkinchi zilzila esa Puebla, Morelos, Gerrero shtatlari va poytaxt Mexikoda jiddiy vayronalarga olib kelgandi. Uning oqibatida 369 kishi halok bo‘lgan, yuzlab odamlar jarohat olgan.

Ko‘proq yangiliklar: