Qatar TIV rahbari Ar Riyodni davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi

Jahon 09:32 / 18.10.2017 5305

Saudiya Arabistoni Qatardagi vaziyatni izdan chiqarishga va hukumat almashinuvi sodir bo‘lishiga urinmoqda. Qatar tashqi ishlar vaziri Muhammad bin Abdurahmon Oli Soniy CNBC telekanaliga bergan intervyusida shunday bayonot berdi

"Biz (Saudiya) hukumatining tuzumni o‘zgartirish haqida gapirayotganini ko‘rayapmiz. Biz mulozimlar odamlarni o‘z hukumatiga qarshi norozilikka chiqishga ruhlantirayotganini ko‘ryapmiz. Shu boisdan gap davlat tuzumini almashtirish haqida ketmoqda", — degan Oli Soniy.

Shu yilning iyun oyi boshida Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn va Misr Qatar bilan diplomatik munosabatlarni uzgan edi. Ular Dohani terrorizmni qo‘llab-quvvatlashda ayblashdi. 

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, uning mamlakatiga boykot e'lon qilgan arab mamlakatlari terrorizmning oldini olishni emas, aslida "hurmatsizlik bildirish va qo‘rqitish"ni xohlaydi. 

Telekanalning xabar qilishicha, Qatarda 11 ming kishilik Amerika harbiy bazasi joylashgan. 

Ko‘proq yangiliklar: