Xitoy internetni to‘liq nazorat qiladi

Jahon 10:33 / 18.10.2017 10516

Xitoy toza va nazorat qilinadigan internet kenglikni barpo etish istagida, deb bayonot berdi XXR KP MQ bosh kotibi Si Tszinpin. U Xitoy kommunistik partiyasining 19-s'yezdida qilgan nutqida shu masalaga ham to‘xtaldi, deya xabar qilmoqda Sinxua agentligi. 
 
"Biz internet kenglikdagi kontentlar bilan bog‘liq faoliyatimizni kuchaytiramiz, to‘liq nazorat tizimini barpo etamiz, biz uning tozaligini ta'minlaymiz", — degan Xitoy yetakchisi.

Uning qayd etishicha, bu maqsadlarni hayotga tatbiq etish uchun global tarmoqda, ayniqsa siyosiy g‘oyalar va qoidalarga doir xato ma'lumotlar paydo bo‘lishiga jiddiy e'tibor qaratish kerak. 

Ko‘proq yangiliklar: