XXR raisi Si Tszinpin XKPning 19-s'yezdida qilgan chiqishida dunyo mamlakatlari xalqlariga murojaat qildi. U insoniyatni «sovuq urush» fikridan voz kechishga chaqirdi. Si Tszinpin bayonoti haqida Sinxua agentligi xabar qilmoqda.
«Biz barcha mamlakatlar xalqlarini umumiy sa'y-harakatlar bilan insoniyatning yagona taqdiriga ega hamjamiyatni barpo etishni chaqiramiz… Biz bir-birimizni hurmat qilishimiz, teng huquqli maslahatlashuvlar o‘tkazishimiz, qat'iyat bilan «sovuq urush» fikri va kuch ishlatish siyosatidan voz kechishimiz kerak», — degan XXR raisi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xalqaro munosabatlarda yangicha yondashuvlarni qo‘llash zarur, ular «ziddiyatlashuv va bloklar qarashidan emas, muloqot va hamkorlik nuqtai nazaridan kelib chiqishi kerak».