Estoniya poytaxtida qora yomg‘ir yog‘di

Jamiyat 19:16 / 18.10.2017 19936

Estoniya poytaxti Tallinda «Ofeliya» dovuli mamlakatga Portugaliyadan yong‘inlardan tutun va qurumini, shuningdek, Sahroyi kabirdan chang olib kelgani tufayli qora yomg‘ir kuzatildi. Bu haqda ERR radiosi xabar bermoqda.

«Biz sun'iy yo‘ldoshlardan olingan fotosuratlarni ko‘rdik, shuningdek, Finlyandiya meteoxizmati ham bizga Portugaliyadagi yong‘inlardan tutun va qurum, Sahroyi kabirdan esa qisman chang kelganini tasdiqladi», - deya xabar berdi sinoptik Taymi Palyak.

Foto: Delfi Rahva Hääl

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, ro‘y bergan hodisa vaqtinchalik holatdir. Ayni damda havoning kimyoviy tarkibi haqida ma'lumot yo‘q.

Ko‘proq yangiliklar: