YeChL. E guruhida 13ta gol urildi

Sport 03:00 / 18.10.2017 7211

Chempionlar ligasi E guruhida 3 tur uchrashuvlarida juda  yirik hisoblar qayd etildi. «Spartak» «Otkrytiye Arena» stadionida «Sevilya»ga 5ta gol urdi - 5:1.

18-daqiqada Kvinsi Promes moskvaliklar jamoasini oldinga olib chiqdi, 30-daqiqada mehmonlar javob golini urishdi — Simon Ker gol muallifi.

Ruslar ikkinchi bo‘limni kuchli o‘tkazishdi, 58-daqiqada Lorenso Melgarexo aniq zarba yo‘llab, jamoani yana oldinga boshladi. 67-daqiqada Denis Glushakov uchinchi golni urdi, Luis Adriano 74-daqiqada hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi, o‘yinga yakuniy nuqta Kvinsi Promes tomonidan qo‘yildi.

Massimo Karrera shogirdlari guruh bosqichidagi ilk g‘alabasini nishonladi va ochkolari sonini 5taga yetkazdi.

Parallel kechgan uchrashuvda esa yanada ko‘proq gol urildi.

«Liverpul» Sloveniyada «Maribor»ni 7:0 hisobida taslim qildi.

19-daqiqadayoq Yurgen Klopp shogirdlari 3ta gol urib bo‘lishgandi — Roberto Firmino, Filippe Koutino va Muhammad Saloh bittadan gol urishdi. Birinchi bo‘lim oxirida Saloh dublni rasmiylashtirdi. Ikkinchi bo‘lim boshida Firmino ham ikkinchi golini urdi, o‘yin oxirida Aleks Oksleyd-Chemberlen va Trent Aleksander-Arnold o‘z nomlarini tabloga yozdirishdi - 7:0.

Endilikda E guruhida turnir jadvali: 1. «Liverpul» — 5 ochko; 2. «Spartak» — 5; 3. «Sevilya» — 4; 4. «Maribor» — 1.

Chempionlar ligasi
E guruhi

Spartak – Sevilya 5:1 (1:1, 4:0)
Gollar: 1:0 – 18 Promes, 1:1 – 30 Ker, 2:1 – 58 Melgarexo, 3:1 – 67 Glushakov, 4:1 – 74 Luis Adriano, 5:1 – 90 Promes.
Spartak – Selixov, Yeshchenko, Tashchi, Jikiya, Kombarov, Fernando, Glushakov, Samedov (Melgarexo, 25), Popov (Pashalich, 57), Promes, Luis Adriano.
Sevilya – Riko, Merkado, Ker, Langle, Eskudero, Kron-Deli (Vaskes, 68), Pisarro, Banega, Sarabiya, Ben-Yyedder (Muriel, 82), Nolito (Navas, 76).
Ogohlantirishlar: Jikiya (34), Eskudero (37), Fernando (45), Pisarro (89).

Maribor – Liverpul  0:7 (0:4, 0:3)
Gollar: 0:1 – 4 Firmino, 0:2 – 13 Koutino, 0:3 – 19 Salax, 0:4 – 39 Salax, 0:5 – 54 Firmino, 0:6 – 86 Oksleyd-Chemberlen, 0:7 – 90 Aleksander-Arnold.
Maribor – Xandanovich, Milets, Raychevich, Shuler, Viler, Vrxovets, Kabxa, Kramarich (Xotich, 58), Axmedi (Pixler, 58), Boxar (Meshanovich, 81), Tavares.
Liverpul – Karius, Aleksander-Arnold, Matip, Lovren, Moreno, Milner, Djan, Veynaldum (Solanke, 76), Salax (Oksleyd-Chemberlen, 57), Firmino (Starridj, 68), Koutino.
Ogohlantirishlar: Milets (45), Vrxovets (80), Xotich (89).

Ko‘proq yangiliklar: