Avtotransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomani berish uchun to‘lov o‘zgardi

O‘zbekiston 08:12 / 18.10.2017 51313

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining buyrug‘i bilan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilarini va qat'iy hisobdagi blankalarni berishda, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni ro‘yxatdan o‘tkazishda, qayta ro‘yxatdan o‘tkazishda, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazishda, shuningdek imtihonlarni olishda undiriladigan to‘lovlar stavkalarini tasdiqlash to‘g‘risidagi buyruqqa o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchaga ko‘ra, buyruq muqaddimasidagi “hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 26 maydagi 256-son “Avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va ularning hisobini olib borish, milliy davlat raqami belgilarini berish va ularni almashtirish ishlarini tartibga solish haqida”gi degan so‘zlar chiqarib tashlandi.

Buyruq ilovasida:

a) 8-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“8. Avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnomani berish uchun – eng kam ish haqining 70 foizi miqdorida”.

b) Quyidagi mazmundagi 8-1 band bilan to‘ldirildi:

“8-1. Avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish haqida vaqtinchalik guvohnomani berish uchun - eng kam ish haqining 20 foizi miqdorida”.

v) 8-bandning izohi quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“Izoh:

yaroqsiz holga kelgan, shikastlangan yoki o‘g‘irlangan avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma dublikatini berish uchun eng kam ish haqining 70 foizi miqdorida to‘lov undiriladi;

yo‘qotilgan avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risida guvohnoma dublikatini berish uchun eng kam ish haqining 1 baravari miqdorida to‘lov undiriladi;

yo‘qotilgan avtomototransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish haqida vaqtinchalik guvohnoma dublikatini berish uchun belgilangan to‘lov stavkasining 5 baravari miqdorida undiriladi”.

g) 15-banddagi “20 foizi” degan so‘zlar “70 foizi” degan so‘zlar bilan almashtirildi.

d) 16-band quyidagi tahrirda bayon etiladi:

“16. Yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasi o‘rniga vaqtinchalik ruxsatnoma berish uchun – eng kam ish haqining 10 foizi miqdorida”.

Ko‘proq yangiliklar: